Get Mystery Box with random crypto!

​Dunyo ogʻusini tutmadi oshkor, Pinhon zugʻum qildi... Zoʻriqi | Qisqacha satrlar

​Dunyo ogʻusini tutmadi oshkor,
Pinhon zugʻum qildi... Zoʻriqib ichdim.
Jonchiqar ogʻriqqa ayladi duchor,
Oqdi qoʻshiqdaryo – erigan jismim.

Asli qurbon boʻlmoq bizga qismatdir...
Nimadan siqilding – zahildir roʻying?
Dorga osmoq boʻlsang – boʻyim balanddir,
Koʻkka osmoq boʻlsang – yetmaydi boʻying!..


Usmon Azim

@qisqacha_satrlar | yangicha talqin