Get Mystery Box with random crypto!

Ustunlik zararingizga ishlaydi(mi?) 'David and Goliath: Under | Qisqa qaydlar

Ustunlik zararingizga ishlaydi(mi?)

"David and Goliath: Underdogs, Misfits and the Art of Battling Giants" kitobini tugatdim. Malcolm Gladwellni eng yaxshi asari deya olmaymanku, lekin qiziq tezislari bor ekan.

Kitob qanday qilib kuchsizlar kuchlilar bilan kurashgani va ularni taslim qilgani haqida. Doim ham siz òylagan ustunlik haqiqiy ustunlik bòlmasligi, balki sizni zararingizga ishlashi mumkinligi haqida qiziqarli faktlar ham yoritilgan. Masalan, nufuzli oliygoh talabasining òqishni davom ettira olmaslik darajasi (drop-rate) huddi shunday ball/baho bilan nufuzi pastroq oliygohda òqiydigan sherigidan ancha baland. Bu agar siz òta aqlli bòlmasangiz shartli ravishda Garvardda òqish uchun ariza topshirmang degan xulosani beradi.

Òzimiz uchun nima haqiqatda yaxshi yomonligini bilmaymiz...