Get Mystery Box with random crypto!

Dunyo mendan to'ydi... Yo men to'ydimmi? Go'yo majburlikdan bo | Abdumoʻmin Qirgʻizov

Dunyo mendan to'ydi...
Yo men to'ydimmi?
Go'yo majburlikdan bosaman qadam.
Hech kimning g'amini yemay qo'ydimmi...
Demak... men dunyoda eng yomon odam.
Ertamni o'ylasam qorong'u ko'cha,
Na orzu... na umid... na bir harakat.
O'zi kunim qanday o'tgandi kecha?
Bugun ham shu asno...
Mehnat...
Harajat!
Hayot so'qir qilib qo'ydi ko'zlarim,
Soat millariga qarashlar ham yo'q!
Qaylarda yo'qotdim jo'shqin hislarim?
Qolgani tosh yurak...
Diqqanafas rux!
Yo men bir xillikga ko'nikdim chog'i,
Umr o'tariga qo'l siltab qo'ydim.
Yaxshi bo'lish kerak endi buyog'i...
Yomon odam bo'lib yashashdan to'ydim.

D.T

https://t.me/+GynO2pW9V7M2NGFi