Get Mystery Box with random crypto!

“Jadidlar” to‘plamining audio varianti yaratildi! Oliy va | Abdumoʻmin Qirgʻizov

“Jadidlar” to‘plamining audio varianti yaratildi!

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan “Jadidlar” to‘plamining audio kitob varianti tayyorlandi. Audio kitob Markaz qoshidagi "Talabalar ijtimoiy-media va madaniyat maskani" ovoz yozish studiyasida yozib olindi.

Ko‘pchilik kitobxon-yoshlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, ushbu to‘plam audiokitob shaklida tayyorlandi. Bugun to‘plamning birinchi "Mahmudxo‘ja Behbudiy" kitobi audio varianti sizlarga taqdim etiladi.

Ma'lumot uchun, “Jadidlar” to‘plami Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Ishoqxon to‘ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, G‘ulom Zafariy kabi ma’rifatparvar jadidlarning hayoti va ijodi, asarlarining qisqacha tahlili, e’tirofi, hikmatli so‘zlari o‘rin egallagan.

Kitobni tinglash:

|

@eduuz