Get Mystery Box with random crypto!

#o‘rganish Shohista opa beliga belbog‘ boylab,qo‘liga ketmon | QIBRAYLIKLAR 24 🇺🇿|Расмий канал

#o‘rganish

Shohista opa beliga belbog‘ boylab,qo‘liga ketmon olib yiliga 250 mln so‘m daromad olmoqda.

Yurtimizda xotin-qizlarga berilayotgan e'tibor sabab ko‘plab sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida ham shijoat ko‘rsatib, yuqori natija va yutuqlarga erishayotgan ayollar soni ortib bormoqda.

Xususan, Qibray tumanidagi "Temir qadam-Artikova Shohista" fermer xo‘jaligi rahbari Artikova Shohista opa ham imkoniyatlardan unumli foydalanib,aholi dasturxoniga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka,piyoz,to‘qsonbosti ekinlari)yetkazib berish uchun 22 gektar maydonda dehqonchilik qilib kelayotgan fermerlardan.

Qibray tuman hokimi M.Mirkasimov, fermer xo‘jaligining 2 gektar maydonida brokkoli karamini yetishtirish va uni eksport qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.Shohista opa mazkur o‘simlikdan yiliga 35-40 tonna hosil olib,qo‘shni davlatlarga eksport qilishni rejalashtirgan.

Қибрай ҳақида энг тезкор маълумотлар  канали

@QIBRAYLIKLAR_24