Get Mystery Box with random crypto!

Til buyuk ne'matdir, har bir millat o‘z tilini e'zozlasa, qadr | Qibray t ММTB Rasmiy kanal

Til buyuk ne'matdir, har bir millat o‘z tilini e'zozlasa, qadrlasa, taraqqiyoti uchun jon kuydirsa, u til go‘zal, betakror va buyuk bo‘lib qolaveradi! Har bir xalq aziz va muqaddas bo‘lgan o‘z tilini asrash, rivojlantirish, jozibasini to‘la namoyon etish uchun harakat qiladi, chunki unda xalq tarixi, milliy qadriyatlari, madaniyati ifodalanadi.
Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya'ni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
"O'zbek tiliga davlat maqomi" berilganligining 33 yilligi munosabati bilan  Qibray tumani 48-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Qadring baland bo'lsin ona tilim" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Xalq ta'limi bo'limi Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish sho'basi rahbari  I.I.Musayev, 1-sektor mas'ul kotibi N.Qayumxo'jayev, "Shalola" mahallasi bosh mutaxasisi Z.Abdullayeva qatnashishdi.

https://t.me/IIMusaev