Get Mystery Box with random crypto!

QDPI Marketing

Telegram kanalining logotibi qdpitalabalarii — QDPI Marketing Q
Telegram kanalining logotibi qdpitalabalarii — QDPI Marketing
Kanal manzili: @qdpitalabalarii
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 973
Kanalning ta’rifi

@qdpikontraktBot ushbu botga /start tugmasini bosing va kontraktingizni tekshirib oling
https://t.me/joinchat/AAAAAFWEQtrBTrRzD0Wq_g

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-08-22 07:31:26 #Bilasizmi

To'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlarini ajratish tartibi

Ta'lim kreditlari ta'lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shaklida to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o'qishini ko'chirgan O'zbekiston fuqarosi bo'lgan talabalarga beriladi.

Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Ta'lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Ta'lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;
to'lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo'lganda). Shartnomada o'qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to'lov miqdori ko'rsatilgan bo'lishi lozim;
ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo'yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo'yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot.

Hujjatlar 5 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Ta'lim krediti shartnomasi to'lov-kontrakt shartnomasida ko'rsatilgan bir yillik to'lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Ta'lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta'lim krediti bo'yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta'lim krediti bo'yicha foiz stavkasi o'zgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga;
tijorat banklari tomonidan Jamg'arma mablag'laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta'lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to'lovlarni amalga oshirish uchun ta'lim krediti ajratilmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
1.1K viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash
2022-08-18 14:55:43 Xotin-qizlarga tekin magistratura: tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinganlarning ham kontraktlari toʻlab beriladimi?

Kun.uz'ning bu haqdagi savoliga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati mutaxassisi Zafar Amirqulov javob berdi.

Agar siz 2021-2022-yilgi (oʻtgan yili) magistraturaga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan boʻlsangiz, sizga 2-kurs uchun kontrakt toʻlovlari qoplab beriladi. Shu jumladan, yangi qabul qilinadigan xotin-qizlardan tashqari, 2-kurs magistratura talabalariga (barcha xotin-qizlarga) ham bu imtiyoz amal qiladi.

Agar siz joriy yilda magistraturaning 1-bosqichiga kvotadan tashqari, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinsangiz, sizga kontrakt toʻlab berilmaydi. 1-kurs uchun oʻzingiz toʻlaysiz, kelasi yil 2-kursga oʻtganda kontraktingiz qoplab beriladi.

Batafsil: https://kun.uz/86219381
1.5K viewsedited  11:55
Ochish/sharhlash
2022-08-16 14:43:43 ​​ Тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитларини ажратиш тартиби.

Таълим кредитлари таълим ташкилотлари бакалавр ҳамда магистратуранинг кундузги, сиртқи ва кечки таълим шаклида тўлов-контракт асосида ўқишга тавсия этилган ёки қабул қилинган, шунингдек ўқишини кўчирган Ўзбекистон фуқароси бўлган талабаларга берилади.

Бунда, кредит олувчининг доимий даромад манбаига эга оила аъзолари (ота-онаси, ака-укаси, опа-синглиси, эри ёки хотини) ёки васийлари биргаликда кредит олувчи сифатида қатнашиши мумкин.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.
Ҳужжатлар 5 иш кунида кўриб чиқилади.

Таълим кредити шартномаси тўлов-контракт шартномасида кўрсатилган бир йиллик тўлов суммасига тенг миқдордаги суммага тузилади.

Таълим кредити кредит олувчига Марказий банкнинг асосий ставкаси миқдорида ажратилади.

Бунда, Марказий банкнинг асосий ставкаси пасайтирилган тақдирда, таълим кредити бўйича фоиз ставкаси мутаносиб равишда пасаяди, Марказий банкнинг асосий ставкаси оширилган тақдирда эса таълим кредити бўйича фоиз ставкаси ўзгаришсиз қолади.

Мазкур тартиб:

чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахсларга;
тижорат банклари томонидан Жамғарма маблағларидан ташқари бошқа манбалар ҳисобидан бериладиган таълим кредитларига нисбатан татбиқ этилмайди.

Табақалаштирилган тўлов-контрактни ва унинг минимал миқдорига тенг бир марталик бошқа тўловларни амалга ошириш учун таълим кредити ажратилмайди.
......................................
Каналга аъзо бўлинг.
1.8K viewsedited  11:43
Ochish/sharhlash
2022-08-16 14:36:46 Магистратурада ўқиётган барча хотин-қизларнинг контракт-тўловлари қайтариш шартисиз қоплаб берилади

Ҳукумат қарори (447-сон, 15.08.2022 й.) билан давлат ОТМнинг магистратура босқичига тўлов-контракт асосида қабул қилинган ва таълим олаётган хотин-қизларнинг тўлов-контракт суммасини Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан қоплаб бериш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

Низомга кўра, давлат ОТМларининг магистратура босқичида ўқиётган барча хотин-қизларнинг контракт-тўловлари қайтариш шартисиз қопланади.

Бу тартиб Президент ҳузуридаги Давлат бошқарув академияси, Бош прокуратура академияси, Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги ҳузуридаги Бизнес ва тадбиркорлик олий мактаби ҳамда Банк-молия академияси учун ҳам амал қилади.

Бунинг учун талабгор 2022/2023-ўқув йилидан бошлаб ўқув йили учун тўлов-контрактнинг тўлиқ суммасини қоплаб бериш юзасидан ўзлари таълим оладиган ОТМ ректори (филиал директори) номига 15 сентябргача ариза билан мурожаат этади.

Татбиқ этилмайди:
— 15 сентябрдан кечиктириб топширилган аризаларга;
— табақалаштирилган тўлов-контракт тўловларига.

Аризалар 3 иш кунида кўриб чиқилиб, рўйхат шакллантирилади.

Умумлаштирилган талабгорлар рўйхати 5 иш кунида тўлов-контрактларни қоплаб бериш учун Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигига (2023-йилдан ОТМнинг идоравий мансублигига кўра тегишли вазирликлар ва идораларга) юборилади;

Тўлов-контракт суммасини қоплаб бериш тўғрисида жорий ўқув йилининг 15 октябрига қадар тегишли ОТМ ректори (филиал директори) буйруғи қабул қилинади.


@xushnudbek
1.4K viewsedited  11:36
Ochish/sharhlash
2022-08-04 06:46:54 Абитуриент рухсатномалари my.dtm.uz сайтига жойлаштирилди.
Марҳамат!
1.9K views03:46
Ochish/sharhlash
2022-08-01 09:32:52
ABITURIENTLAR DIQQATIGA!

Qo‘qon davlat pedagogika instituti 3 ta taʼlim yoʻnalishi bo‘yicha alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanayotganligini ma’lum qiladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 1 avgustdan 10 avgust kuniga qadar Qo‘qon davlat pedagogika instituti hududida bo‘lib o‘tadi.

Qoʻqon davlat pedagogika institutida oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali (vaqti, joyi), imtihonlar dasturi va baholash mezonlari bilan tanishish.

Eslatma

Abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarga pasport va ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 iyuldagi 588-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandiga muvofiq jadval bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmaydi va o‘qishga qabul qilinmaydi!

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
2.1K viewsedited  06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-01 07:40:02
#Ijodiy_imtihon_2022 #QDPI

Bugundan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2022/2023 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanadi.

Imtihonlar o‘tkaziladigan hududda jarayon shaffofligini ta’minlash maqsadida kameralar kuzatuvi o‘rnatilgan. Abituriyentlar hamda ularning ota-onalari, barcha qiziquvchilar https://www.kspi.uz/xpages/online.html havolasi orqali imtihonlarni jonli kuzatib borishlari mumkin.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarini o‘tkazish uchun zallar, o‘quv xonalari o‘rnatilgan talablar asosida tartibga keltirilgan.

Muhim eslatma, abituriyentlar ijodiy imtihonlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID) va abituriyent qayd varaqasi bilan kiritiladi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari ilova qilingan rasmdagi telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishlari mumkin.

Barcha abituriyentlarga ijodiy imtihonlarda omad tilaymiz.

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1.7K viewsedited  04:40
Ochish/sharhlash
2022-07-31 15:00:06
Жуда фойдали маслаҳат:

Агар тўхтовсиз чарчаб, нуқул уйқунгиз келаётган бўлса, чойга лимон солинг, бир оз долчин қўшинг. Кейин Гавайи оролларигами ё Малайзиягами чипта олинг-да, самолётга ўтириб, учиб кетинг. Асабларингиз жойига тушиб, анча тетиклашасиз. Анави чойни хоҳласангиз ичинг, хоҳласангиз ичманг. Бир тийинлик фойдаси йўқ, барибир
1.5K viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2022-07-20 17:29:43 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari e’lon qilindi

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari barcha hududlarda 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

1-bosqich (yozma qismi) – tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihonlari qog‘oz shaklda;

2-bosqich – gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa Davlat test markazining maxsus dasturi orqali belgilangan joylarda elektron tarzda bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-18.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.0K viewsedited  14:29
Ochish/sharhlash
2022-07-17 06:00:46 Қабул жараёнларига оид савол-жавоблар:
#abituriyent

Бакалавр, магистратура, мақсадли ва имтиёзли квоталарни қаердан кўрса бўлади? Жавоб

Кимлар абитуриент сифатида ўқишга топшира олишади? Жавоб

Талабалар ҳам абитуриент сифатида ўқишга ҳужжат топшира оладими? Жавоб

10-синфни тугатганлар тестга кириб, талаба бўла оладими? Жавоб

Ҳам переводга, ҳам абитуриент сифатида ариза топширса бўладими? Шунда 2 та тестга кирадими? Жавоб

Қайси йўналишда қайси фанлардан имтиҳон бўлади? Жавоб

Бешта йўналишни танлаш шартлари қанақа? Жавоб

Ижодий имтиҳони бор жойда фақат 1 та йўналиш танлаб бўладими? Жавоб

"Бу телефон рақам олдин рўйхатдан ўтган" деса, нима қилиш керак? Жавоб

Танлов устуворлигини белгилаш нима дегани? Жавоб

«Давлат гранти» ҳамда «Давлат гранти ва тўлов-контракт» дегандан қайси бирини танлаш керак? Жавоб

Кундузги билан сиртқи қўшиб танланганда давлат гранти устуворлиги масаласи қанақа бўлади? Жавоб

Имтиёзли қўшимча квоталар фақат биринчи йўналишга ўтадими ёки бешаласига ҳамми? Жавоб

Мақсадли қабул нима дегани? Жавоб

Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади? Жавоб

Сўхлик абитуриентлар имтиёзи қандай қўлланади? Жавоб

5 йил стажга эга ўрта махсус ўқитувчилар учун 1000 та мақсадли квота қандай қўлланади? Жавоб

Нега ДТМ сайтида тугатган йили сифатида 2022 йилни танлаб бўлмаяпти? Жавоб

Хотин-қизларга берилган тавсияномалар нега ДТМ сайтида кўринмаяпти? Жавоб

IELTS сертификати нега тасдиқланмаяпти? Жавоб

Ногиронлиги бўлган шахслар маълумотни қандай киритади? Жавоб

Ҳужжат топшириб бўлгач, яна йўналишни ўзгартирса бўладими? Жавоб

Қайси йўналишга қанча ҳужжат топширилганини кўрса бўладими? Жавоб

Тестга кириш учун қанча тўлов қилинади? Жавоб

Тўловни онлайн қилса ҳам бўладими? Жавоб

Нега менда тўлов чиқмаяпти? Жавоб

Ижодий имтиҳон топширадиганлар ҳам тест учун тўлов қиладими? Жавоб

Абитуриентлар максимал балл олиши учун чет тилини қай даражада билиши керак? Жавоб

Тестни қайси ҳудудда топшириш мумкин? Жавоб

Тест саволларини ишлаш учун қанча вақт берилади? Жавоб

Абитуриентлар тестга кириши учун вакцина олган бўлиши керакми? Жавоб

Тест топшириш учун абитуриентларда фақат ID карта бўлиши керакми? Жавоб

Иккинчи мутахассислик бўйича қаердан маълумот олса бўлади? Жавоб

Ўтган йилги кириш балларини қаердан кўрса бўлади? Жавоб

Ижтимоий иш (фуқароларнинг ўз-ўзини бошқариш органлари) йўналиши нега ДТМ сайтида чиқмаяпти? Жавоб


@xushnudbek
2.0K viewsedited  03:00
Ochish/sharhlash