Get Mystery Box with random crypto!

#QDPI #yangi_yotoqxona Talabalar uchun yangi yotoqxona qurilm | QDPI TABIIY FANLAR FAKULTETI RASMIY

#QDPI #yangi_yotoqxona

Talabalar uchun yangi yotoqxona qurilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida Qo‘qon davlat pedagogika instituti hududida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi binosini qurish ishlari boshlandi.

Buning uchun Qo‘qon shahar Movaraunnaxr ko‘chasi 47-uyda joylashgan institutning 6-o‘quv binosi (Tabiiy fanlar va Fizika-matematika fakultetlari jooylashgan) hududidan 0,3 gektar yer maydoni ajratilib, bugungi kun holatiga “THE BEST SERVIS” oilaviy korxonasi tomonidan katlavan kovlash ishlari olib borilmoqda.

Yotoqxona binosi 2022-2023 o‘quv yiliga foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube