Get Mystery Box with random crypto!

Menga tirik lolalar yubor, Qon dilimga bosay bir to'yib. O'zi | Ichimdagi To‘fon

Menga tirik lolalar yubor,
Qon dilimga bosay bir to'yib.
O'zidayin alvonlar ko'rmay,
Qolmasinda ko'ksim o'ksinib.

Menga tirik lolar yubor,
Tuproqlari bo'lsin ostida.
Duk duk urib tursin yuragi,
Shundoq bo'g'zining pastida.

Oh..
Qizil bo'lsin, qip qizil bo'lsin,
Qalqib tursin yuzida shabnam.
So'nggi tilak o'tingan jondek,
Hovliqyapman, shoshyapman biram.

Tomirlarim to'lqindek toshib
Lolaga qon bergisi kelar.
Mening esa vujudim mushtoq,
Qo'lingda jon bergisi kelar.

Goh kulaman ,
goh yig'i,
ey voh..
Ey, yorijon, kel, meni tuzat.
So'ngra tirik lolalar bilan,
Yuragimni tuproqqa kuzat.

Ruxsora Isoqova

@qaylardasanmendekoylovchi