Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni! Hindist | Hayotiy

O'zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni!

Hindistonning Chennay shahrida o'tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Niderlandiya jamoasi ustidan g'alaba qozonib (2,5:1,5), chempionlikni qo'lga kiritdi. Bu tarixdagi birinchi chempionlik.

Chempionlar: Nodirbek Abdusattorov (2004 yil), Nodirbek Yakubboev (2002 yil), Javohir Sindarov (2005 yil), Jahongir Vahidov (1995 yil) va SHamsiddin Vohidov (2002 yil).

O'zbekiston ayollar terma jamoasi esa so'nggi turda Kosta-Rika terma jamoasini mag'lub etdi (2,5:1,5). O'zbekiston sharafini Umida Omonova (2006 yil), Afruza Hamdamova (2009 yil), Maftuna Bobomurodova (2006 yil), Marjona Malikova (2002 yil) va Nilufar Yakubboeva (2000 yil) himoya qildi.

@Daftarimdagilar