Get Mystery Box with random crypto!

Ketding oydan oshib ketdi. Sog'inch kòzdan toshib ketdi. Qalbi | Hayotiy

Ketding oydan oshib ketdi.
Sog'inch kòzdan toshib ketdi.
Qalbim sen yon shoshib ketdi.
Qaylardasan Mohlaroyim ?

Nahotku bu peshonam shòr.
Hijroningda holimni kòr.
Sensizlikda qiynog'i zòr.
Qaylardasan Mohlaroyim ?

Dardim aytsam yig'laydi kòk.
Yig'lab bag'rim tig'laydi kòk.
Mendan kechib ketdingmi? yoq.
Qaylardasan Mohlaroyim ?

Sig'may qoldim dunyo tormi?
Oshiq ahli har dam hormi?
Yoki menda qasding bormi?
Qaylardasan Mohlaroyim?

Baytim bitsam yig'lar qalam.
Qog'oz bag'ri lim-lim alam.
Ishq dardimga chora malham.
Qaylardasan Mohlaroyim?

Tun Moh bo'lib boqqan òsha.
Dil darvozam qoqqan òsha.
Men g'aribga yoqqan òsha.
Qaylardasan Mohlaroyim?

@hayotiyuzb