Get Mystery Box with random crypto!

#Milliy_tiklanish # QASHQADARYO _viloyati #Deputat_munosabati | "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI QASHQADARYO🇺🇿

#Milliy_tiklanish
# QASHQADARYO _viloyati
#Deputat_munosabati
#Oshkoralik_davri
#Мustaqillik _31_yoshda
MUSTAQILLIK – BUYUK NEʼMAT

Maʼlumki, biror buyum yoki voqelik haqida gapirsak, koʻz oldimizda darhol uning holati yoxud shakl-shamoyili namoyon boʻladi. Mustaqillik, istiqlol tushunchalari haqida soʻzlaganimizda esa, endi buni tasavvur etishimizning oʻzi-da qiyin. Boisi mustaqillik, istiqlol shu qadar buyuk, qadrli neʼmatki, uning mohiyatini bir soʻz yoki ibora bilan ifodalab boʻlmaganidek, koʻz oldimizda tasavvur etishimizning-da oʻzi boʻlmaydi.
Mustaqillikning, istiqlolning mohiyatini, qadrini anglash uchun mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan farovon hayot, mamlakatimiz erishgan taraqqiyotga qarab fikr qilish mumkin, deb oʻylayman.
Ha, oʻtgan 31 yil mamlakatimiz uchun tom maʼnoda taraqqiyot, yuksalish, rivojlanish yili boʻldi.
Mustaqillik avvalo el-yurtimiz uchun oʻz taqdirining haqiqiy egasi boʻlib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Koʻhna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz oʻzimizga qayta tiklandi.
Eng asosiysi, istiqlol tufayli oʻzligimizni angladik, bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning gʻayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz - erkin va farovon kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan bunyod etmoqdamiz.
Mamlakatimiz har jihatdan juda katta taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Barcha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritdi. Natijada xalqimizning hayoti, turmush-tarzi kun sayin farovonlashib bormoqda.
Albatta, bu imkoniyatlarning barini bizga mustaqillik, istiqlol berdi. Ana shunisi bilan u biz uchun yanada qadrli va beqiyosdir.
Sayfulla MAXMATMOʻMINOV,
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi raisi
https://t.me/qashqadaryomilliytiklanish