Get Mystery Box with random crypto!

#Mustaqillik_31_yoshda #QASHQADARYO_VILOYATI #MIRISHKOR_TUMAN | "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI QASHQADARYO🇺🇿

#Mustaqillik_31_yoshda
#QASHQADARYO_VILOYATI
#MIRISHKOR_TUMANI

XOTIN-QIZLARNING JAMIYAT HAYOTIDAGI FAOL ISHTIROKINI TA'MINLASH MAQSADIDA TARG'IBOT TADBIRI TASHKIL ETILDI

Bugungi farovon hayotimiz ham, yorug‘ kelajagimiz ham ayollarga bog‘liq ekani, shu bois xalqimizni rozi bo‘lishini xohlasak, mo‘’tabar onalarimiz, opa-singillarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratishimiz kerak.

Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashiga O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat Dilshoda Musayeva 8-Obod saylov okrugida "Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlangan" mavzusida qishloq xotin-qizlari bilan uchrashdi.

Deputat tadbir ishtirokchilari bilan yaqindan suhbat olib bordi.

Tadbir yakunida 1-DMTT tarbiyachisi Oqiyeva Zulayhoning jajji bolallarga ta'lim-tarbiya berishdagi munosib hissasi va qishloq xotin-qizlari o'rtasidagi faolligi inobatga olinib, faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

@nasrulla_rizayev

O'zMTDP Mirishkor tumani Kengashi