Get Mystery Box with random crypto!

Yakkabog‘ tumani Samoq MFY hududidagi ichki kanallarining biri | Qashqadaryo xalqi 🇺🇿

Yakkabog‘ tumani Samoq MFY hududidagi ichki kanallarining birida suv toqin haqida favqulodda vaziyatlar qushimcha malumot berdi

Maʼlum boʻlishicha, hodisa bugun 17 yanvar kuni soat taxminan 15.30 larda roʻy bergan.
Mutaxassislar tomonidan holat oʻrganilganda, mazkur hudud aholisi oʻzboshimchalik bilan Qizildaryo daryosidan foydalanishi yani, suv taqsimlagichini ochishi oqibatida qishloqning ichki kanallaridan suvning toʻlib oqishi kuzatilgan.
Qolaversa, muz boʻlaklari toʻplanib,  suv yoʻnalishini oʻzgarishiga olib kelganligi maʼlum boʻldi.
Natijasida hech kim tan jarohati olmagan, fuqarolarning hech bir bino-inshootlari va mol-mulkiga ziyon etmagan.

ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!
https://t.me/+UjOf6LoeHTEyZWQy