Get Mystery Box with random crypto!

'Sho‘rtan' jamoasi murabbiylar shtabini yangiladi G'uzorning | Qashqadaryo xalqi 🇺🇿

"Sho‘rtan" jamoasi murabbiylar shtabini yangiladi

G'uzorning "Sho‘rtan" futbol rahbariyati 2023 yilgi futbol mavsumida jamoamizni boshqarib boradigan murabbiylarni futbolchilar va klub xodimlariga tanishtirdi.

«Bo‘rilar»ni 2023 yilgi futbol mavsumida 2011 yil Meksikada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yetarli darajada shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Aleksey Yevstafeyev boshqarib boradigan bo‘ldi.

Unga o‘z vaqtida mohir hujumchi bo‘lgan, o‘tgan mavsumda Yaypanning «To‘ron» jamoasida bosh murabbiy bo‘lib faoliyat yuritgan Anvar Berdiyev yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida Sherzod Kattayev ishlaydi.

ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!
https://t.me/+UjOf6LoeHTEyZWQy