Get Mystery Box with random crypto!

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun turli xil pul yig‘imlari | QASHQADARYO YANGILIKLARI

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun turli xil pul yig‘imlari qat’iyan ta’qiqlanadi

Xalq ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.

Joriy yilning 25 may kuni barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2021-2022 o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbirni tashkil etish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi tavsiyalar ishlab chiqib barcha maktablarga yubordi. Tadbirlar maktab hovlisi bog‘ida yoki soya salqin ochiq maydonlarida o‘tkaziladi. Maktab hududiga begona shaxslarning kiritilmasligi nazoratga olinadi.

Maktablarda mazkur tadbir soat 8:00 dan 8:45 ga qadar, tavsiya etilgan ssenariy asosida tashkil etiladi. Unda yil davomida a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib, rag‘batlantiriladi

Qashqadaryoliklarga qoʻshiling
➥ https://t.me/joinchat/ZD82ujFcMf83MWIy