Get Mystery Box with random crypto!

Ona bilan Otaning farqi. – Seni o‘z jismida paydo bo‘lganingn | QASHQADARYO YANGILIKLARI

Ona bilan Otaning farqi.

– Seni o‘z jismida paydo bo‘lganingni sezishidan boshlab sevadigan zot - Ona!
– Hali paydo bo‘lmasingdan oldin orzu bilan seni sevadigan zot - Ota!
– Ona o‘z hayotini tikib seni dunyoga taqdim qiladi.
– Ota o‘z baxti evaziga senga dunyoni taqdim qiladi.
– Ona senga hayot sovg‘a qiladi.
– Ota senga bu hayotda qanday yashash ilmini sovg‘a qiladi.
– Ona seni to‘qqiz oy qornida ko‘tarib yuradi.
— Ota seni bir umr yelkasida ko‘tarib yuradi.
– Ona seni tug‘ushda to‘lg‘oq o‘tkazadi.
— Ota tug‘ulganingdan keyin seni uchun doim to‘lg‘oqda bo‘ladi.
– Ona kasal bo‘lsang yig‘laydi.
— Ota yig‘lasang kasal bo‘ladi.
– Ona sening och qolishingdan tashvish qiladi.
— Ota sening qanday och qolmasligingni o‘rgatadi.
– Ona mehr bulog‘i.
— Ota hikmat ummoni.
– Ona aybingni berkitib, sendan mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
— Ota seni nazorat qilib, qalbingga mas’uliyat urug‘larini ekadi.

Qashqadaryoliklarga qoʻshiling
➥ https://t.me/joinchat/ZD82ujFcMf83MWIy