Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiyot kolleji va Jamoat salomatligi texnikumlariga qabul ja | Qashqadaryoliklar

Tibbiyot kolleji va Jamoat salomatligi texnikumlariga qabul jarayonlari boshlanish arafasida

Hozirgi vaqtda yurtimizda 27 ta tibbiyot kolleji va 47 ta Jamoat salomatligi texnikumlari faoliyat olib bormoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati xabar berishicha, ularga yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlari joriy yil 10 avgustda boshlanib, 10 sentyabrga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

2022/2023 o‘quv yili uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlariga qabul kvotasi jami 11 ming 670 ta etib belgilanishi, shundan:

1ming 367 tasi davlat granti;
10 ming 303 tasi to‘lov-shartnoma asosida bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Tibbiyot kollejlariga esa jami 7 ming 800 ta o‘rin ajratilib, shundan:

780 tasi davlat granti;
7 ming 20 tasi to‘lov-shartnoma asosida belgilanishi kutilmoqda.

Tibbiyot kollejlari va jamoat salomatligi texnikumlariga o‘qishga hujjat topshirish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

pasport yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatganlik haqidagi hujjatning nusxasi;

600x800 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchisi yoki kam ta’minlangan oila farzandi bo‘lgan abituriyentlar tegishliligi bo‘yicha nogironlik guvohnomasi nusxasi, tuman(shahar) hokimining “Mehribonlik uylari”ga joylashtirish bo‘yicha qarori yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ma’lumoti.

Qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Elektron platformaga yuklangan hujjatlar “PDF” formatida skaner qilingan bo‘lishi lozim. Skaner qilingan hujjatlarning talab darajasida bo‘lmasligi abituriyentning ro‘yxatdan o‘tkazilmasligiga asos bo‘ladi.

Tibbiyot kollejlari va jamoat salomatligi texnikumlariga kirish imtihonlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf