Get Mystery Box with random crypto!

Yer nazorati. Qarshi tuman bo'limi inspektorlari yil boshidan | Qashqadaryo kadastr_press

Yer nazorati. Qarshi tuman bo'limi inspektorlari yil boshidan buyon 294 ta yer qonun buzulish holatlarini aniqlashdi.

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani bo'limi inspektorlari tomonidan joriy yilning bugungi kuniga qadar tumanda 119 ta holatda 16,034 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani holati aniqlangan.

Bu haqda Kadastr agentligi Qarshi tumani bo'limi boshlig'i Nodirbek Niyozov Boshqarma axborot xizmatiga xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, shundan 8 ta holatda 0,591 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga davo arizalari kiritilgan.

83 ta holatda ya'ni 12,348 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

BUNDAN TASHQARI...

Tumanda 2022- yilda yer qonun buzulishi holatlarini keltirib chiqargan 192 nafar qonunbuzar shaxslarga jarimalar qo‘llanilgan.

@Qashkadastrpress