Get Mystery Box with random crypto!

​​“Boʼston” mahallasida yashovchi oʼzini oʼzi band qilish ista | Qarshi shahri hokimligi

​​“Boʼston” mahallasida yashovchi oʼzini oʼzi band qilish istagini bildirgan fuqarolarga hokim yordamchisi tavsiyasi bilan “Har bir oila – tadbirkor!” dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratilib, zarur asbob-uskunlar olib berildi.

Jumladan, mahallada yashovchi Doʼsmatova Maftunaga tikuvchilik faoliyatini kengaytirib, milliy liboslar tayyorlashi uchun 13 mln 700 ming soʼm imtiyozli kredit ajratilib, ushbu mablagʼ evaziga tikuv mashinalari olib kelinib oʼrnatildi.

Shu mahallada yashovchi Sharipov Shohruh bugungi kunda parrandachilik faoliyatini yoʼlga qoʼyib, broyler joʼjalar yetishtirishni boshlab yubordi. Buning uchun unga mahalladagi hokim yordamchisi Jamshid Abduazizov tavsiyasi bilan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 30 mln soʼm imtiyozli kredit ajratildi.

Yana bir fuqaro Choʼliyev Suxrob hunarmandchilik yoʼnalishida oʼzini oʼzi band qilish istagini bildirgan. Hokim yordamchisi tomonidan uning murojaati oʼrganilib, 33 mln soʼm imtiyozli kredit ajratilishi uchun tavsiyanoma berildi. Hozirda ushbu mablagʼ evaziga hunarmandchilik faoliyatini tashkil etishi uchun zarur boʼlgan asbob-uskunalar olib kelindi.

@qarshishaharhokimligi