Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi | Qarshi shahri hokimligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi 92-sonli qarori 3-bandiga asosan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Qarshi shahrining "Cho‘lquvar" mahallasi hududida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar sportning shaxmat, shashka, stol tennis turlari bo‘yicha musobaqalarda o'z kuchlarini sinab ko'rishdi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan sovg'alar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga tadbir jarayonida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʼyicha targʼibot ham oʼtkazilib, yoshlar 30-aprel kuni o‘tadigan referendumda faol bo'lishga chorlandi.

@qarshishaharhokimligi