Get Mystery Box with random crypto!

#Soʻragan_edingiz Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirl | Qarshi DU "Kredit-modul"

#Soʻragan_edingiz

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifa izohlarida qoldirilgan savollarga javoblar

SAVOL:
Magistratura qishki qabul natijalari qachon eʼlon qilinadi?

JAVOB:
Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tekshirish maʼlum vaqt talab etishini inobatga olib, natijalar fevral oyining birinchi 10 kunligida eʼlon qilish rejalashtirilgan.

SAVOL:
Kontrakt-shartnomalarini qayerdan olsam boʻladi?

JAVOB:
Toʻlov-shartnomalarini kontrakt.edu.uz sayti orqali olish mumkin. Saytdan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bu yerda.

SAVOL:
Oʻqishimni Tojikistondagi universitetdan perevod qilmoqchiman. Hozir hujjatlarimni topshirsam boʻladimi?

JAVOB:
Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlaridan mamlakatimiz davlat OTMga oʻqishni koʻchirish amaldagi tartibga muvofiq, faqat iyul-avgust oylarida tashkil etiladi.

Qishki davrda esa 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishni koʻchirishga ruxsat beriladi.

Maʼlumot oʻrnida, uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan 20-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube