Get Mystery Box with random crypto!

#​rektor_tabrigi Qadrli Vatan himoyachilari! Sizlarni 14-ya | Qarshi DU "Kredit-modul"

#​rektor_tabrigi

Qadrli Vatan himoyachilari!


Sizlarni 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”  hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarimizning 31 yilligi munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!

Sizlarning yakdil, bir so‘zli, kuchli va ishonchli ekanligingizni hamisha qadrlaymiz. Barchangizga ona Vatan va xalqingiz oldidagi muqaddas burchingizni ado etishdek sharafli, mas’uliyatli ishlaringizda zafar va omad, sihat-salomatlik, kuch-quvvat, matonat tilayman.

Vatanimiz himoyasi sizlardek ishonchli, qat’iyatli va kuchli posbonlarimiz qo‘lida ekanligidan hamisha  faxrlanamiz!
Qadrli Vatan himoyachilari!
Jonajon O‘zbekistonimiz, xalqimiz, oila-a’zolaringiz, yaqinlaringiz baxtiga doimo sog‘-omon bo‘ling!

Yana bir bor bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Dilmurod NABIYEV
Qarshi davlat universiteti rektori, professor


@rektor_qarshidu