Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘kdalada ekin yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan | Qashqadaryo xalqi 🇺🇿

Ko‘kdalada ekin yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.N.” fermer xo‘jaligi rahbari E.D. fermer xo‘jaligining 16 sotix sug‘oriladigan ekin yerini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda uy-joy qurishni boshlagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) va 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!
https://t.me/+UjOf6LoeHTEyZWQy