Get Mystery Box with random crypto!

Pxuketga 'Qanot Sharq' bilan birga! | Qanot Sharq Airlines

Pxuketga "Qanot Sharq" bilan birga!

“Qanot Sharq” AJ Toshkent-Pxuket o. yo‘nalishi bo‘yicha yangi charter reysini ochdi. Bizning aviayo‘lovchilarimizni qo'nish chog'ida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi oppoq plyajlarga bevosita yaqin joylashgani, ko‘plab hashamatli mehmonxonalar go'zal tabiat hamda ekzotik o‘simliklar qurshovida ekanligi hayraga soladi – bunday manzara dunyoning boshqa hech bir joyida uchramaydi.

Tailandning Janubiy provinsiyasiga reyslar haftada bir marta amalga oshiriladi va shu bilan O‘zbekiston poytaxti hamda Tailand oroli o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni ta'minlaydi.

2022-yil 3-noyabrda birinchi reys amalga oshiriladi, u 240 nafargacha yoʻlovchini sigʻdira oladigan Airbus 321 neo samolyotida amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 6 soat 25 daqiqa. Chiptalar sotilib bo'ldi.

2022-yil 8-9-noyabr kunlari Tailandda sham-chiroqlar festivali nishonlanadi. Bu oqshom Tailandliklar daryolar, ko'llar yoki dengiz suvlariga shamlar bilan kichik krathong-solchalarini qo'yib yuboradilar. Mazkur amal noxush hislardan xalos bo'lishni anglatadi.

2022-yil 26-noyabrdan har shanba kuni «Qanot Sharq» AJ Sharm-ash-Shayxga (Misr) to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
____
В Пхукет с "Qanot Sharq"!
АК «Qanot Sharq» открывает новый чартерный рейс Ташкент-о.Пхукет. Наших авиапассажиров при приземлении изумит то, что взлетная полоса аэропорта вплотную примыкает к белоснежным пляжам, множество великолепных отелей окружены природой и экзотическими растениями – такого больше нет нигде в мире.

Полеты в Южную провинцию Тайланда будут выполняться один раз в неделю, обеспечивая прямой перелет между столицей Узбекистана и островом Тайланда.

3 ноября 2022года состоится первый рейс, он будет выполнен Airbus 321 neo, который вмещает до 240 пассажиров. Время полета 6 часов 25 минут. Билеты раскуплены.

8-9 ноября 2022года в Тайланде отмечается фестиваль огней. В этот вечер тайцы запускают в воды рек, озер или в море маленькие плотики-кратхонги со свечками. Действие символизирует избавление от негатива.

С 26 ноября 2022г. каждую субботу АК «Qanot Sharq» планирует организовывать прямые чартерные рейсы в Шарм-эш-Шейх (Египет).