Get Mystery Box with random crypto!

Jiddaga yangi Airbus A321neo da! Kuni kecha 2022-yil 9-oktya | Qanot Sharq Airlines

Jiddaga yangi Airbus A321neo da!

Kuni kecha 2022-yil 9-oktyabrda «QANOT SHARQ» oʻzbek xususiy aviakompaniyasi oʻz parkini yangi Airbus A321neo samolyoti bilan toʻldirgani haqida «Oʻzbekiston-24» telekanali xabar berdi. Va 2022-yil 23-oktabr yakshanba kuni esa ushbu layner bortida yoʻlovchilar bilan ilk parvozini amalga oshirish uchun osmonga koʻtariladi.

Mazkur reys nafaqat «QANOT SHARQ» yaqinda sotib olgan yangi Airbus A321neo samolyotida amalga oshirilishi bilan, balki ushbu avialayner yoʻlovchilarni Toshkentdan Jiddaga (Saudiya Arabistoni) toʻgʻridan-toʻgʻri reys bilan 5 soat 15 daqiqa ichida qoʻshimcha texnik qo'nishlarsiz yetkazib berishi bilan ham ahamiyatlidir.

«Yangi samolyotda amalga oshiriluvchi qoʻshimcha reys — oʻzbekistonlik ziyoratchilarga koʻrsatilgan gʻamxoʻrlikning namoyon boʻlishi, deb hisoblaymiz. Musulmonlar uchun muqaddas boʻlgan qadamjolarni ziyorat qilishni xohlaganlarga qulay shart-sharoitlar va reyslarning hamyonbopligi — bu, aviakompaniyamiz uchun muhim oliy maqsadlardan biri hisoblanadi», — dedi «QANOT SHARQ» kompaniyasi taʼsischisi Nosir Abdugʻafarov.

Eslatib oʻtamiz, «QANOT SHARQ» bir oy davomida Airbus A320 neo samolyotida Saudiya Arabistoniga parvozlarni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirmoqda.
Joriy yilning oxiriga qadar yana bir Airbus A320 neo olinadi, u avvalgi modeldan parvoz qilish masofasi 7.000 km gacha uzaytirilgani hamda 240 nafargacha yoʻlovchini sigʻdira olishi bilan farq qiladi.

2023-yil boshiga kelib «QANOT SHARQ» aviakompaniyasi parkida 4 ta samolyot: ikkita Airbus A320 va ikkita Airbus A320 neo samolyoti boʻladi.
Yangi Airbus A320 neo samolyotining ilk parvozi futbol qiroli, uch karra jahon chempioni Pelening tavallud kuniga toʻgʻri keldi, oʻz vaqtida u Saudiya Arabistonida ayollar futbol jamoasini koʻrganidan nihoyatda quvongan va hatto ushbu davlatni birinchi oʻyini bilan shaxsan tabriklagan edi.
___
В Джидду на новом Airbus A321neo!

Только 9 октября 2022г. телеканал «Узбекистон-24» рассказал о том, что частная узбекская авиакомпания «QANOT SHARQ» пополнила свой авиапарк новым Airbus A321neo. И уже вот в воскресенье, 23 октября 2022года, этот авиалайнер поднимется в небо для того, чтоб совершить свой первый рейс с пассажирами на борту.
 
Рейс  знаменателен не только тем, что его будет осуществлять новый Airbus A321neo, который «QANOT SHARQ» приобрела недавно, но и тем, что авиалайнер доставит пассажиров прямым авиарейсом из Ташкента в Джидду (Саудовская Аравия) за 5 часов 15 минут без дополнительной технической   посадки.

«Мы считаем, что дополнительный рейс на новом самолете – это проявление заботы о паломниках Узбекистана. Комфортабельные условия и доступность перелета для желающих посетить мусульманскую святыню – это одна из важных миссий для нашей авиакомпании» - отметил учредитель «QANOT SHARQ» Носир  Абдугафаров.

Напомним, что «QANOT SHARQ» в течении месяца успешно осуществляет полеты в Саудовскую Аравию на Airbus A320.
До конца текущего года будет получен еще один Airbus A321neo, который отличается от предыдущей моделью увеличенной дальностью полета до 7.000 км и вместимостью до 240 пассажиров.

К началу 2023 года в парке компании «Qanot Sharq» будут находиться 4 воздушных судна: два Airbus A320 и два Airbus A321neo.
Первый рейс нового Airbus A321neo совпал с днем рождения короля футбола, трехкратного  чемпиона мира Пеле, который в свою бытность был рад появлению в  Саудовской Аравии  женской сборной по футболу и даже лично поздравлял страну с их первым матчем.