Get Mystery Box with random crypto!

Biz to‘rt yoshdamiz! Bundan to‘rt yil oldin, 2018-yilning 3-o | Qamar kitoblar do‘koni

Biz to‘rt yoshdamiz!

Bundan to‘rt yil oldin, 2018-yilning 3-oktyabr sanasida ma’rifat tarqatish maqsadida tashkil etilgan “Qamar” kitoblar do‘koni ochilgandi.

O‘tgan vaqt davomida ko‘zlagan maqsadlarimizning qanchadir qismiga erisha olgan bo‘lsak, Allohning marhamati va siz azizlarning duolaringiz bilan amalga oshdi.

Biz bilan bo‘lganingiz, qaysidir o‘rinda yo‘l qo‘ygan kamchiligimizga ko‘z yumganingiz uchun sizlarga rahmat.

“Qamar”ning keyingi yaxshi kunlarida ham biz bilan birga bo‘lasiz degan umiddamiz.

Qamar va sizni bog‘lab turuvchi qiziqarli voqeani izohlarda yozib qoldiring.