Get Mystery Box with random crypto!

“Kapitan Grant bolalari” Buyuk fransuz yozuvchisi, zamonaviy | Qamar kitoblar do‘koni

“Kapitan Grant bolalari”

Buyuk fransuz yozuvchisi, zamonaviy fantastika otasi hali hayotligidayoq afsonaga aylanib ketgan insonlardan biri edi. Zamondoshlari uni “tinim bilmas sayohatchi” deb hisoblasalar, kimlardir uni “dengizchi, kema kapitani” deb oʻylashar, yana kimlardir “koʻchirmakash yozuvchi” deb gʻiybat qilar, boshqalar esa, “bunaqa yozuvchi yoʻq. Jyul Vern — bu geografik jamiyatning nomi. Ana shu tashkilotning aʼzolari shu nom ostida kitoblar yozadilar”, deb isbotlashga urinadilar. Aslida esa, Jyul Vern yozib charchamaydigan yozuvchi edi. U faqat ijod ogʻushidagina hordiq chiqarardi. 60 yildan ortiq davom etgan ijodiy faoliyati mobaynida tinimsiz yozdi va adabiyot ixlosmandlariga, avlodlarga 97 kitobni meros qilib qoldirdi.

Muqova — yumshoq;
Oʻlchami — 13.5x20.5;
Sahifa — 685 bet;
Narxi — 55.000 soʻm.

Buyurtma uchun: @qamar_delivery yoki +998998454400.

Toshkent shahri bo’ylab yetkazib berish 15.000 so’m.

Manzil: Alisher Navoiy ko'chasi, 42-uy.

@qamarbooks