Get Mystery Box with random crypto!

Yuridik texnikumlarga qabul davom etmoqda. Oxirgi muddat – 20 | Qalpoq va Sho'rdanak (Rasmiy)

Yuridik texnikumlarga qabul davom etmoqda. Oxirgi muddat – 20 avgust

Xabaringiz bor, respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.

Ularda quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:

davlat huquqiy faoliyat;
yuridik xizmat;
sud-huquqiy faoliyat.

Yuridik texnikumlarga umumiy oʻrta taʼlim (11-sinfni) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

Oʻqishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish 20 avgustgacha (shu kuni ham) boʻlib oʻtadi.

Yuridik texnikumlarga Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Chet el fuqarolari yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abituriyentlar oʻqishga davlat buyurtmasi, toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Oʻqish muddati 2 yilni tashkil etadi.

Ma'lumot uchun
www.my.gov.uz | www.texnikum.dtm.uz