Get Mystery Box with random crypto!

Ukam bilan urishib qolsak Hayotda bor past balandlik, Goho s | 𝑸𝒂𝒍𝒅𝒊𝒓𝒈'𝒐𝒄𝒉_𝒌𝒐𝒏𝒔𝒆𝒑𝒔𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊🐧📊📚

Ukam bilan urishib qolsak

Hayotda bor past balandlik,
Goho shodlik goho g'amlik.
Bizda ham shunday ko‘rgulik,
Ukam bilan urishib qolsak.



Qolay demas hech bir gapdan,
U bog‘dan men esa tog‘dan.
Ikkimiz ham haq haqqatdan,
Ukam bilan urishib qolsak



Ko‘zi chaqnoq, labi do‘rdoq,
Feli esa bir oz chatoq.
Kechgacha o‘chmaydi chiroq,
Ukam bikan urishib qolsak.



Yordam so‘rasam uyalib,
Vaqtim yo‘q deydi bo‘zrayib.
Qo‘ygim kelar bo‘g‘ib-bo‘g‘ib,
Ukam bilan urishib qolsak.



Umid bilan yalinaman,
Jon ukajon yolvoraman.
U deydi-"O‘ylab ko‘raman"
Ukam bilan urishib qolsak



Jahlim chiqar sekin asta,
Qani edi ursam ro‘sssa.
Shoshnay turgin sen dangasa,
Ukam bilan urishib qolsak.



Anchadan so‘ng mayli deydi,
So‘ngra rag‘bat qani deydi.
Baxtingizga men bor deydi,
Ukam bilan urishib qolsak.



Mayli nelar demasa ham,
Hech aytganim qilmasa ham.
Na dilda g‘am na ko‘zda nam,
Ukam bilan urishib qolsak.



Shukur deyman bori uchun,
Ishonchi suyanchi uchun.
Kuchli nomus ori uchun,
Men baxtliman u bor uchun.



Jasmina Hasanboyeva