Ming kilometrlik yo'l ham birinchi kichkina qadamdan boshlan | 𝑸𝒂𝒍𝒅𝒊𝒓𝒈'𝒐𝒄𝒉_𝒌𝒐𝒏𝒔𝒆𝒑𝒔𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊🐧📊📚
Ming kilometrlik yo'l ham birinchi kichkina qadamdan boshlanadi !
Har qanday natijaga erishish uchun, shunchaki boshlang ! Ha, boshlash qo'rqinchli. Mavhumlik qo'rquv keltiradi. Bolakayning yurishni o'rganayotganini kuzatganmisiz ? Emaklay boshlagan bolakay devorlarni ushlab turishga intiladi. Turgandan so'ng devorlarni ushlab yura boshlaydi, so'ng ota-onasining qo'lidan ushlab yuradi. (U ortida uni asrovchisi borligini biladi-da) Nihoyat yura boshlaydi. Har qanday jabhada shunday ! Natijaga erishmoqchimisiz: bir amallab hozir bor resurslardan (devor - bilimingiz, shu kungacha tajribangiz, . . .) foydalanib o'rningizdan turing va yurishga uruning. So'ng Ustoz toping. Ustozlar qo'limizdan yetaklab yurishni o'rgatadi. Keyin esa istagan manzilingizga xohlasangiz yurib,xohlasangiz yugurib ketavering. Bularni o'qiyotganingiz, boshlaganingizni bildiradi. Amalda qo'llash qoldi, halos...