Get Mystery Box with random crypto!

​AGAR SIZ NIMAGADIR EHTIYOJ SEZSANGIZ - UNI ATROFGA BERING! | Psixolog Navruzaxon ijod kanali❤️✨

AGAR SIZ NIMAGADIR EHTIYOJ SEZSANGIZ - UNI ATROFGA BERING!

Keling, dastlab, real hayotimizni qanday qurishimiz haqida gaplashaylik. Real hayotimiz, ongimizdagi nazarlar, fikrlar bilan belgilanadi.

Nima uchun insonlar hayotga boʻlgan nazarlarini oʻzgartirmagunlariga qadar,
real hayotlari oʻzgarmaydi?
Sababi hamma narsa insonning fikrlariga bogʻliq. 90% fikrlar har kuni takrorlanadi. Shuning uchun, ayrim insonlarning hayot tarzlari ham oʻzgarmas.

"Insonning eng katta xatosi, ongni kengaytirish va yangi dunyosini yaratish oʻrniga, boshqalarni muhokama qilishida»

Hayot - bu oʻyin. Hayotingizga kirib kelayotgan voqealar, narsalar Sizning ruxsatingiz bilan amalga oshadi.
Agar siz nimadirga ehtiyoj sezsangiz: sevgi, gʻamxoʻrlik, qoʻllab-quvvatlash yoki boshqa biror narsaga, bularni Siz oʻzingiz boshqalarga bering!

Sizga kirib kelmayotgan narsalar shuni anglatadi-ki, Siz ularga yopiqsiz! Yopiq joyga albatta kirib kela olmaydi.
Shuni yodda saqlang, nimadirga ehtiyoj sezyapsizmi, demak Siz oʻsha narsani boshqalarga berishdan qizgʻanayotgan boʻlishingiz mumkin.

Siz insonlarga qancha sevgi,
mehr ulashsangiz borliqqa shunchalik ochilasiz. Ichki olamingizga befarq boʻlmang, uni tashqariga chiqaring, bildiring. Oʻz
his-tuygʻularingizga ishoning. Erkinlik, quvonchni his qilasiz.

Bugun yangi kun yaʼni yangi imkon bugungi kunni oʻzinggiz istagandek yangi orzular, yaxshi niyatlar qilib, yaxshilik ulashib oʻtkazing. Kamida insonlarga ayniqsa siz yoqtirmagan insonizga kamida yaxshilik tilang. Koʻrasiz xayotingiz qanchalik oʻzgaradi.

Siz ham hayotingizni o‘zgartirib yuborgan jumalaringiz va anglashlaringiz bo‘lsa bo‘lishing!

https://t.me/qalbshunos_navruzaxon_elniloda