Get Mystery Box with random crypto!

#hikoyaga_qoshimcha O'tmishda nima bo'lgan bo'lsa bo'lib bo'l | Psixolog Elnora Jo'rayeva Sehrli Ella

#hikoyaga_qoshimcha

O'tmishda nima bo'lgan bo'lsa bo'lib bo'lgan, kelajakda nima bo'lishi mavhum...


Hozirgi hislar, qarorlar va tanlovlar kelajakni yaratadi...

Kelajakka qadam qo'yilayotganda niyatni to'g'ri qo'ya olish(hikoyadagi nima bo'lsa qabul qilaman va o'sha yerda yangidan yarataman), aslida har bir kelayotgan yangi kun bugun uchun kelajak, kelajak kelganda esa o'ziga aslida nima xoxlayotganini eslatish, tashqi vaziyat qanchalar "yomon" bo'lishiga qaramay o'zi xoxlagan hayotni yarata boshlashi muhim...

Aslida Jannat ham Do'zzax ham insonni ichida, qalbida...

Tashqarida esa Jannat yaratish yoki Do'zzaxga ko'nib yashashni, uning o'zi, hislari va harakatlari belgilaydi(aslida belgilamaydi ham qalbidagini namoyon etadi xolos)

Tanlov doim mavjud, hatto eng so'ngi lahzagacha...

Ammo insonni tanlovidan chalg'ituvchi qo'rquvlar, vahimalar sodir bo'laveradi(yo'ldagi yovvoyi hayvonlar, daxshatlar), inson esa qalbida jannat yaratishda davom etaveradi...

Bir kun o'zi turgan nuqtada yaratgan jannatidan to'la qoniqqanida, uni oldida yana yangi tanlov turadi...

Aslida juda kooo'p gap yozmoqchi edim, ammo yozishni boshlaganimda mutlaqo boshqa gaplar keldi

Demak hamma individual tushinishi kerak ekan hikoyani

Haya xayrli kech hammaga...

https://t.me/qalbshunos_elnora