Get Mystery Box with random crypto!

​ Qurbon hayiti kuni bajariladigan 13 amal 1. Arafa kuni k | Ilm - Ziyo

Qurbon hayiti kuni bajariladigan 13 amal

1. Arafa kuni kechasi, ya'ni, hayit kuniga o‘tar kechasini bedor o‘tkazish.
2. G‘usl qilish.
3. Eng yaxshi, yangi yoki toza kiyimlarni kiyish.
4. Xushbo‘ylanish.
5. Qurbon hayiti namoziga chiqishdan oldin hech narsa yemaslik.
6. Masjidga imkon bo‘lsa piyoda va ertaroq borish.
7. Yo‘lda tahlil (Laa ilaha illalloh), takbir (Allohu akbar) va tahmid (Alhamdulillah) aytish. "Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illallohu Allohu akbar, Allohu akbar va lillaahil hamd".
8. Hayit namozidan oldin boshqa biror nafl namoz o‘qimaslik. Masjidga borgandan so‘ng tahiyyatul masjid yoki boshqa biror nafl namoz o‘qimasdan zikr qilib o‘tirish lozim.
9. Namozga bir ko‘chadan borib, boshqasidan qaytish.
10. Hayit bilan muborakbod etish. Sahobalar: "Taqobbal Alloh minna va minkum (Alloh bizdan ham, sizdan ham qabul etsin)", deb bir-birlarini bayram bilan tabriklashardi.
11. Ahli ayol va yosh bolalarni xursand qilish. Oilada bayram kayfiyatini paydo qilish, sovg‘a-hadyalar ulashish.
12. Qavm-qarindosh, yosh ulug‘larni ziyorat qilish.
13. Tanish-bilish, yoru do‘st, qo‘ni-qo‘shnilarni bayram bilan tabriklash.

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube