Get Mystery Box with random crypto!

ISHONCh Doimo siz ishonadigan kishi sizni yordamsiz qoldirsa | Ilm - Ziyo

ISHONCh
Doimo siz ishonadigan kishi sizni yordamsiz qoldirsa siz bir kishiga nisbatan emas, barchaga nisbatan ishonchingizni yo‘qotasiz.
Bundan keyin doimo qo‘rquvda yashaysiz. O‘zingizga hech kimni yaqinlashtirmaysiz. Chunki siz endi ijro to‘xtab qolgan bo‘lsada, barchaga "yordamsiz qoldirish" loyihasi deb qaraysiz.
Siz aqldan oza boshlaysiz. So‘zlar sizni faqat qo‘rqitadi. "Seni yaxshi ko‘raman" degan jumla sizga xuddi "seni so‘yib tashlayman" kabi eshitiladi.
Manzarani yana ko‘z oldingizda gavdalantirasiz. Ammo bu safar kishilarga uzr ko‘rsatadigan yumshoq qalbingiz bilan emas, aqlingiz bilan gavdalantirasiz.
Tuyg‘ularingiz xuddi moʻjiza tufayli cho‘kishdan qutilib qolgan kishining tuyg‘ulariga o‘xshaydi. To‘g‘ri, u qutilib qoldi. Ammo butun umr suvdan qo‘rqadigan bo‘lib qoldi.
Bir o‘q bilan halok bo‘lmagan qush daraxtga bo‘lgan ishonchini butkul yo‘qotadi. Qo‘llari kesilgan kimsa qo‘llaridan boshqa narsani ko‘rmaydi. Insonlar jarohatlariga bog‘lanib qolishadi.
Xotirjamligi buzilganlarga Alloh yordamchi bo‘lsin!
Qalblarga kirib xotirjamligini tortib olganlarga Alloh kifoya qilsin!

@qalblarziyosi