Get Mystery Box with random crypto!

Ulgʻaydik… Soxta mulozamat bilan samimiy munosabatning farqig | Ilm - Ziyo

Ulgʻaydik…

Soxta mulozamat bilan samimiy munosabatning farqiga borar yoshga yetdik…

Koʻzlarimiz xiralashdi, ammo qalb koʻzimiz tiniqlashdi…
Endi mezonimiz koʻnglimiz emas, iymonimiz boʻldi, aytilgan soʻzlarning amalini shariatga mosligini koʻrmaguncha ishonmaydigan boʻldik…

Boshqalarga emas, oʻzimizga talabchan boʻlishni boshladik…

Kelganlarga “marhabo!”, ketganlarga “alvido!” deyishni oʻrgandik…

Behuda soʻzlarga ishonishga, besamar ishlarga urinishga, noloyiqlar ortidan yugurishga vaqtimiz yoʻq endi… istamaymiz ham…

Horgʻinlashdik…ammo sokinlashdik…

Eng muhimi - eng muhimlar kimlar va nimalar ekanini angladik…

Alhamdulillah…

#Malohat Anvar

@alamiy_uz