Get Mystery Box with random crypto!

#shunchaki Bu kanalni boshqacha qandedir bir ishtiyoqda ochg | 🖤Qalbim Isyoni🖤 | Rasmiy

#shunchaki

Bu kanalni boshqacha qandedir bir ishtiyoqda ochgandim...
Boricha...borimcha to'kilaman degandim...
Neke bo'lsa shu manzilda qo'nim topoman degandim...
Endi o'z manzilimda...o'z makonimda...o'zimning ichki olamimdan iborat nimanidir yarataman degandim...
Bo'lmadi...negadir...to'xtab qoldim...
Hayronman...go'yo bir turtkini kutayotgandekman...
Yanada achchiq nimanidir his etishni kutayotgandekman...
Ichimda nimadir kamdek...
Yoki orangizda yana kimdir yetishmayotgandek...
Bilmadim...anglolmadim...
Bilganim yarim yo'lga ham yetmay boshida qolib ketganim...
Balki hislar yakun topgandir...
Balki so'zlar nihoyasiga yetgandir...
Yoki...yoki bo'lmasa dardlar botmay qo'ygandir...
Yo bo'lmasam...bariga shunchaki ko'ngandirman...
O'ylarim chalkash...
Kimnidir o'ng yonimga o'tib...meni undashlarin xohlayotgandekman...
O'sha kimdir bormikan...
Meni aslimga qaytaradigan...yana shu so'zlarga ko'madigan...
Yelkamdan suyab yo'lga chiqarib qo'yadigan...
Ammo...ammo...kimsasizdekman...
Shuning uchun hamdir bu kanal e'tiborimning eng past nuqtasiga tushib qolganligi...
Men buni istamasdim...
Yozishni...yozaverishni...
To'kilib...to'kilib ketishlarni istagandim...hamon istayapman...
Lekin qanday?
Qachondirki shu savolga javob topsamgina men yana qaytaman...


#Creator

@QalbimIsyoni