Get Mystery Box with random crypto!

# Lider kelinchak bo'lishning Siz bilmagan 12 qoidasi: 1. | 𝑸𝒂𝒍𝒃𝒊𝒎𝒅𝒂 𝑺𝒆𝒏𝒔𝒂𝒏...❤️💌🎉🎊

# Lider kelinchak bo'lishning Siz bilmagan 12 qoidasi:
1. Lider kelinchak Tv umuman ko'rmaydi, Tv ko'rishga ketadigan vaqtidan unumli foydalanadi.
2. Lider kelinchak har xil shaxsiy rivojlanish uchun, ong va tafakkurni o'stirib, dunyoqarashni kengaytirish uchun o'quv kurslarga qatnashadi.
3. Lider kelinchak uyda qaynona yoki umr yo'ldoshini eng yaqin qarindoshlari bilan g'idi bidi qilib umuman urushmaydi, shunchaki vaqtga havola qiladi, chunki liderlar biladi vaqt-oliy hakam.
4. Lider kelinchaklar hammadan kech yotib, erta tongda uyg'onadi. Chunki, xonadonga baraka sahardan taqsimlanadi.
5. Lider kelinchak toza-pokiza, pazanda, uylarining saranjom-sarishta bo'lishi.
6. Umr yo'ldoshini doimo qo'llab quvvatlashi, ishdan kelganda uyda xotirjamlik, halovat va baxtni ta'minlab berishi.
7. Bolajonlarini sevishi, ardoqlashi, har doim bolajonlarini 1-o'ringa qo'yishi, bolajonlari uchun diniy va dunyoviy bilimlar olishini ta'minlashi.
8. Turli xil vaziyatlarda, tez va to'g'ri fikrlay olishi, qarorlar qabul qilishi.
9. Chaqqon, harakatchat va kurashuvchan bo'lishi.
10. O'qish, uy, ishni teng oborishi, hamma narsaga ulgura bilishi.
11. Xushmuomala va shirinso'z bo'lishi.
12. Baxtli, saodatli, barakali hayot kechirishi uchun, maksimal darajada harakat qilishi.

https://t.me/QalbimdaSensan_1205