Get Mystery Box with random crypto!

Namozda hush’uga erishish sabablari. Darhaqiqat mo’minlar naj | QALBIMDA ISLOM ☪️

Namozda hush’uga erishish sabablari.

Darhaqiqat mo’minlar najot topdilar. Ular namozlarida hushu’li (qo’rquv va umid bilan bo’yin eguvchi) kishilardir.
{Mo’minlar1-2}

Bu oyatdagi “namozlarida hushu’li kishilardir” lafzi xususida, salaflar bir necha ma’nolarni berib aytganlarki:

Nomozda hushu’li bo’lish bu

1. Ko’zni sajda o’rniga qaratishlikdir.

2. Namozda sakinat bilan turishlikdir.

4. Namozda uyoq buyoqqa qaramaslik, o’zini chapga o’ngga tashlamaslikdir.

4. Qalbi qo’rquvga to’lgan holda tavoze’ bilan turishlikdir.

5. Eng Buyuk bo’lgan Zot bilan muloqatga kirishayotganini his qilib, uning qudrati, azamatidan qalbi titrab, o’zini hokisor tutib turishlikdir.

Rosululloh ‎ﷺ‎ aytadilar:
“Sizlardan biringiz namozga tursa, albatta u Robbisi bilan sirli suhbatlashayotgan bo’ladi.” @qalbimdaislam #Jakhongir