Get Mystery Box with random crypto!

​​Qayerdadir u yashar baxtli, Qayerdadir kulgusi porlar. U o‘z | Qalb Daftarim🕊

​​Qayerdadir u yashar baxtli,
Qayerdadir kulgusi porlar.
U o‘ziga sig‘mayur, balki,
Izlariga sig‘mas gulzorlar.
Balki meni eslamas ham hech,
Nomlarimiz ketgandir o‘chib.
Qayerdadir u yashaydir tinch,
Mening butun umrimga ko‘chib.
Men — shunchaki hayolotdir bir,
Balki oddiy rashkning ginasi.
U haliyam yig‘layotgandir,
Ko‘z yoshlarga to‘lib siynasi.
Boray desam, yo‘llarim chalkash
Haqiqatga qara, qalbim tik

Axir, tushun,
«sening bag‘ring — tosh»,
Uning esa yuragi nozik!


Qayerdadir u yashar baxtli…

#Nodira_Nazar

@Qalbim_satrlaridan