Get Mystery Box with random crypto!

“Ket deding. Jimgina ketdim bosh egib. Va hatto ortimga qarolm | Qalbimdagi Dardlarim

“Ket deding.
Jimgina ketdim bosh egib.
Va hatto ortimga qarolmadim ham,
U dunyoda ham birga bo'lamiz derding,
Shu dunyomga hatto yarolmading ham.
Sen ketding,kuz keldi,iliq tomchilar,
Sovuq ko'z yoshimla do'stlashib oldi.
Yoqimli lahzalar,beg'ubor onlar,
Va bahor sen ketgan yo'llarda qoldi!
Oynamdan qaradim bir sariq yaproq,
Tinmay qaltirardi shoxda turgancha.
Uni chorlar edi,Ona yer,tuproq,
Shox esa jilmayar mahkam tutgancha.
Men ham shu yaproqdek titrab turibman,
Meni ham kutmoqda ochiqqan tuproq....
Farqimiz... Men befarq shoxni tutibman!,
Qismatim uzilib tushishni kutmoq!!!

Ket deding...
Jimgina ketdim bosh egib...”

Muhsina bintu

Qalbimdagi dardlarim