Get Mystery Box with random crypto!

XIYONAT 8-QISM. O'zingga behisob shukur Ollohim. Menga shund | QaLBiM QuVoNcHi ❤️

XIYONAT

8-QISM.

O'zingga behisob shukur Ollohim. Menga shunday insonni jufti halol qilib tanlaganing uchun. Juda katta xatoga yo'l qo'ydim. Agar Farruh akamdan boshqasi bo"lganida meni allaqachon haydab javobimni bergan bo'lardi. Lekin ular bunday qilmadi. Hatto qattiq ham gapirmadi nega..
Farzandi uchun shunday qildimi. Nima uchun... Yoki shu qadar kuchli sevadimi meni. Nima bo'lgandayam ko'zlarim ochildi.

-Feruza nega bunday qildi. Qayerda xato qildim.
Qayerda adashdim. Ahir shu paytgacha to'g'ri yo'lda yurdim. Birovni diliga ozor bermadim . Qizlar bilan vaqtichog'lik qilmadim. Sababi buvam ko'p aytardi. Pok ayollar faqatgina pok erkaklar uchun deb. Sen qanday bo'lsang peshonagga ham huddi o'zingga o'xshagan juft yoziladi .. ehh qqyerda xato qildim. Bilguvchi Ollohdir . Nima qilay uni sevaman. Chin qalbimdan chin yurakdan sevaman uni. Buni bilarmikan.
Hammasi yaxshi bo'ladi. Ollohimning ko'zingni och degani bu. Qaysidur qilgan gunohim uchun jazo. Endi bunday bo'lmaydi. Hali farzandimiz dunyoga kelsa hammasi yaxshi bo'lib ketadi.

Oradan oylar o'tdi. Feruzani ham oy kuni yaqinlashib qoldi.
-Yaxshimisan.
-Ha yaxshi ..
-Inshaolloh bir oydan so'ng farzandimiz bag"rimizda bo'ladi .
-Ha to'g'ri. Farruh aka telefoningizni berib turin . Oyimla bilan gaplashib olay .
-Mana bemalol. Men televizor ko'rib turaman.
-Hop.
Feruza oyisi bilan gaplashib bo'lgach Farruhni qo'l telefonini ko'zdan kechira boshladi..
Telegramga kirdi. Begona raqamlar ko'payib ketibdi. U zaxarxandalik bilan kuldi. Nima qilsin gapirishga haqqi yoq. Gapirolmaydi ham. Chunki. ..
U yuragi siqilib telegramdan chiqdi. Diktofonga kirdi. Bir qancha qo'ng'iroqlar saqlanib qolibdi. Ha bosilib shunday saqlanib qolgandirda deb bittasini eshitib ko'rdi
-Nega ko'tarmayapsz.
-Qizlarim yig'lab qoldi.
-Nima qilyapsiz.
-Ulani uhlatyapman.
-Keling maniyam uhlating.
-Jinnimisz. Uylangansiza.
-Nima qilibdi. Siz ham turmush qurgansizku.
-Bu boshqa masala men ajrashganman.
-Bilaman.
Ular shunaqangi ochiq oydin gaplashishgandiki Feruza chidab turolmadi
Yana boshqasini eshitdi. U butunlay boshqa odam edi. Yana yana boshqa boshqalar. Hammasi bilan deyarli bir xil mavzuda ...
-Nahotki shunchalikka bordi. Nahotki..
-Gaplashib bo'ldingmi.
Senga nima bo'ldi.
Feruza ko'zlaridan yosh tomchilab telefondagi bitta audioyozuvni qo'ydi.
-Ber bu yoqqa..
-Bu nima.
-Hech narsa..
-Bu nima dedim sizgA.
-Ishing bo'lmasin.
-Men ketaman. Siz bilan yashamayman.
-Bu uydan bir qadam ham jilmaysan..
-Ketaman ajrashaman yashamayman siz bilan.
-Mayli bolani tug'asanda keyin ketsang ketaver.
Feruzaga alam qildi. Ayni damda nima qilayotganini nima deyotganini ham anglay olmayotgandi.
-Bola qanaqa bola. U sizni farzandingiz deb kim aytdi. Sizga
-Nima demoqchisan.
-U siznikimas demoqchiman.
-Nima og'zinga qarab gapir.
-Ha u siznikimas u Nuriddin...
Farruh Feruzani yuziga tarsaki toortib yubordi.
-Shunaqa haqiqat achchiq bo'ladi. Yuraver o'sha suyuqoyoqlaring bilan men ketaman.
Feruza jaxl ustida uydan chiqib ketdi. Farruh esa divanga o'tirrgancha shokka tushib qoldi. Eshitganlariga aqli yetmayapti..ularni tushuna olmayapti. Huddi miyasi qotib qolganga o'xshaydi...

Davomi bor........

➫ @Qalbim_Quvonchi - 𝒔𝒊𝒛 𝒊𝒛𝒍𝒂𝒈𝒂𝒏 𝒀𝒂𝒈𝒐𝒏𝒂 𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍