Get Mystery Box with random crypto!

#qalb Qalb shundayki, uning ayni shakl-shamoyili, aniq bir ta | قلبي

#qalb

Qalb shundayki, uning ayni shakl-shamoyili, aniq bir taʼrifi-yu tavsifi yo'q. Ammo kamina uni yonib turgan, atrofga oʻzining zaif nurlarini taratayotgan shagʻamga mengzaydi, qiyos etadi.

U shundayki, bir puflasangiz, oʻchib qoladi. Tegmasangiz, shamollardan  himoya etsangiz bormi, zulmatlar munavvar boʻladi, muzlar eriydi, koʻzlar namlanadi...

Men birinchisidan qoʻrqadigan holga keldim: oʻchirib qoʻyishdan.
Chunki Alloh man etganlari orasida uning ahamiyati katta. U oʻchsa, vujud ham suvsiz qolgan gul misol quriydi, soʻladi. Qalb-vujud suvi. Uning darmonidir.

Biz shunday gunohkormizki, necha qalblar biz sabab ziyo taratmay qo'ydi. Oldinlari uning haroratidan bahramand boʻlgan, hatto jizgʻanak bo'lgan parvonalar uni (oʻsha shamni) unutar holga kelgan.

– Nega?
– Oʻchirib qoʻyganlari sabab...

@qalbim_0o |