Get Mystery Box with random crypto!

Ona tarbiyasi va uning ahammiyati. Ka’ba Imomi bir voqeani a | Qalb Davosi

Ona tarbiyasi va uning ahammiyati.

Ka’ba Imomi bir voqeani aytib berdi;

⁃ Qur’an o’rgatayotgan guruhimga qo’shilish uchun bir bola keldi. Qur’andan yod olgan bir joying bormi? dedim.

⁃ Bor… dedi. Birma-bir ba’zi juzlardan o’qib berishini so’radim. Amma juzini xam bilar ekan. Yoshi kichik bo’lishiga qaramay go’zal bo’lgan qiroati menga yoqdi. Va Nahl surasini so’ragan edim, uni xam yoddan bilar ekan. Xayron qoldim. Keyin esa Baqara surasini xam so’radim, uni xam xatosiz xolda yoddan o’qib berdi. Bolam, sen Qur’an Hafizimisan? dedim.

⁃ Ha… dedi.

⁃ SubhanAllah, MashaAllah, TabarakAllah. Ertasi kuni valiysi bilan birga kelishini aytdim. Men xayratda edim. Bir ota qanday qilib bunday bo’lishi mumkin edi? Qanday qilib bunday farzand ulg’aytirgan edi? Qiziqdim. Va valiysi keldi. Otasining kelishi xam meni xayratga soldi. Chunki uning ko’rinishi Sunnatga muvofiq xolda yashayotganlik taassurotini bermayotgandi. So’zga otasi boshladi va;

⁃ Bilaman, siz uning otasi ekanligimga xayratlandingiz. Men xayratingizni uzoqqa cho’zmayman va aytaman. Bu bolaning orqasida ming ta erkak qadrida bir Ayol bor. Yana bir xushxabar beray sizga, uyimda yana uch ta o’g’lim bor. Ular xam Qur’an Hafizi. Va to’rt yashar qizim xam bor. U xam xozirda Amma juzini yod olmoqda.

⁃ Qanday qilib? dedim. U esa;

⁃ Ayolim, farzandlarimiz tilga kelishi bilan ularga Qur’an yodlatishlikga boshlaydi. Va ularni faqatgina shu yo’lda rag’batlantiradi. Kim birinchi bo’lib yod olsa, kechki ovqatni tanlaydi. Kim yod olganlarini birinchi bo’lib o’qib bersa, dam olish kunlarida qayerga borishlikni tanlaydi. Kim birinchi bo’lib Qur’anni Hatm qilsa, yozgi ta’tilda qayerga borishlikni tanlaydi. Mana shunday qilib farzandlarimiz orasida Qur’an yodlashlikda, Hatm qilishlikda kichik va shirin musobaqa ahloqi paydo bo’ldi.

Ayollar, sizlar bu dinning umidi bo’la oladigan farzandlar dunyoga keltirib ulg’aytirishlik ma’suliyatiga egasizlar. Homilador bo’lgan kuningizdan boshlab, eng muhim vazifangiz farzand tarbiyasi xisoblanadi. Ketma-ket farzandlar dunyoga keltirib, ularni ko’chaning tarbiyasiga tashlab qo’yadiganlar ona emaslar.

Bosayotgan xar bir qadami, miyyasiga yozib olayotgan yoki og’zidan chiqayotgan xar bir so’zi uchun u emas, siz xisob berasizlar. Xozirda atrofimizda betarbiya, Allah’dan va Uning shariatidan uzoq va behabar xolda yashayotgan insonlar bor bo’lsa, bunga ularning onalaridan o’zgasi sababchi emas.

Agarki ayollar, ma’suliyatlariga katta ahamiyat berib, e’tiborli bo’lgan xolda, bu Ummatga umid bo’la oladigan farzandlar ulg’aytirsalar, Ohirat kuni Sarvari koinot sallallahu alayhi va sallam’ning maqtovlariga sazovor bo’ladilar. Robbilari xuzurida sanoqsiz ne’matlar va mukofotlar bilan siylanadilar. Bundan buyuk baxt bormi?

Hurmatli ayollar, ko’z qorachig’laringiz bo’lgan farzandlaringizga sizlar shunday tarbiya berishingiz kerak-ki, Allah’ga va Uning Rasuli sallallahu alayhi va sallam’ga bo’lgan muhabbatni iliklariga qadar his qilishliklari shart. Farzandingizni go’yoki Sarvari koinotning qo’llariga topshirayotgandek Shariatga topshirishingiz kerak. Ularni telefon va internet kabi ohir zamon fitnalari o’rniga Allah’ga qul qilishingiz kerak.

Ularni faqatgina diplom ketida yugiradigan robot qilib qo’ymang. Ohiratni xam dunyoni xam taniting. Ehtiyot bo’lsangiz kifoya. Dunyo yo’lida dindan, din yo’lida dunyodan vozkechtirib yubormang. Dunyoda, Robbisining chizgan chiziqlaridan chiqmagan xolda, Uning qonunlariga amal qilib yashashlikni o’rgating.

Ana shunda sizlar Ohir zamonning xaqiqiy Mujohidalari bo’lasizlar. Robbim barchamizn i Ohir zamonning farzand tarbiyasi nomli jihodida g’olib bo’lgan Mujohidalaridan qilsin.

@QalbDavosi