Get Mystery Box with random crypto!

Tugadi Fotix Duman Men. Aziz Mahmud Xudoiy qissasi To'g' | With Gulruhsor | Blog

Tugadi

Fotix Duman
Men.
Aziz Mahmud Xudoiy qissasi

To'g'risi kitob meni ko'p o'ylantirdi.
Nima deb yozishni ham bilmayapman. Uni o'qish jarayonida ichimda bir ovoz hech tinmadi.
Bilsam U avvaldan men bilan so'zlashgan ekan..

Kitobni eng qiziqarli tomoni voqealar nafsning tilidan bayon qilingan.

Balki yozolmayotganimga ham nafs sababchidir?..
Fikrlarim chalkash ichimdagi ovozlarni qaysi birini nafs qaysi birini vijdon aytyapti bilmay qolyapman..

Har bir insonning ichida MEN borman.Lekin Xudoiy men bilan bo'lib, mensiz qolishni uddasidan chiqdi. U bu dunyodan ko'chib ketdi.
Endi MEN - SEN bilanman!

NAFS aytyapti bu gaplarni.
Ha, U biz bilan har doim
balki Xudoiyning darajasida uni yenga olmasmiz.. Lekin hech bo'lmasa uning bir istagini amalga oshirmasak o'zimizga yaxshi. O'sha bir amalga oshmagan istaklar bir kuni to'planib ko'p bo'ladi. Balki shu Nafsimizni yengishga yordam berar ..

Tag'in bilmadim.
O'zingiz o'qib ko'ring kitobni.

"Har bir kitobning o'z egasi bor", deydilar. Ajab emaski, bu kitob faqatgina siz uchun yozilgan bo'lsa!

2023- yil. O'qilgan 1-kitob.

@qalbdan_yoziqlar