Get Mystery Box with random crypto!

Yuragim Yoz tugadi. Diydor yaqin. Lek hovliqma, yuragim. Gar | Sog'inchnoma

Yuragim

Yoz tugadi. Diydor yaqin.
Lek hovliqma, yuragim.
Gar ko‘rmasang, shu yil yozda
Unutarsan degandim...

Isxorsiz ishq - boshga balo
Yog‘dirdiyey ayamay.
Biroz qoldi. Gar to‘qnashsang,
Ko‘zlariga qarama!

Yangilikdan xabaring bor,
Senga nima, hapqirib,
Eplolmading. Endi u ham
Boshqasining - taqdiri.

Sen ishqingni muhrlagan
Kundaligingni unut...
Endi qayta uchrashganda
Qo'l uzatma. Yelka tut!

nosiroglu