Get Mystery Box with random crypto!

Kishi qachon ilm olishga shoshadi? Qachon, o'zligini anglashga | Qalbdagi_iffat🌼🌵

Kishi qachon ilm olishga shoshadi?
Qachon, o'zligini anglashga harakat qiladi?
Qachonki, shunga muhtojligini sezsa.
Qachonki, busiz hayoti samarasiz o'tishini bilsa, anglasa.
Anglashga muhtojligini tushunganidagina, odamzot anglashga harakat qiladi. Kitob o'qiydi, izlanadi.

Shu nuqtadan boshlab u dunyoni o'zgartirishga harakat qilmay qo'yadi.
Chunki, u halı o'zi ilmga, tanbehga, tuzatilishga, nasihatga qanchalar muhtojligini biladi.

Odamlarni isloh qilishdan-da muhtojroq bir narsasi borki, bu - o'zini isloh qilishlik.

#qarashlarim