Get Mystery Box with random crypto!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tongda va tunda oʻqi | Qalbda Islom | Расмий канал!✔️

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tongda va tunda oʻqigan duolari

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otganida:

اللهُمَّ بِكَ أَصْبَحْنَا وَبِكَ أَمْسَيْنَا وَبِكَ نَحْيَا وَبِكَ نَمُوتُ وَإِلَيْكَ
النُّشُورُ 

“Allohumma bika asbahnaa va bika amsaynaa va bika nahyaa va bika namuutu va ilaykan nushuur”

Maʼnosi: Allohim, Sening noming ila tong ottirdik, Sening noming ila kech kirgizdik. Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila oʻlamiz. Va Senga qaytajakmiz.

Kech kirganida esa:

اللهُمَّ بِكَ أَمْسَيْنَا وَبِكَ أَصْبَحْنَا وَبِكَ نَحْيَا وَبِكَ نَمُوتُ وَإِلَيْكَ
الْمَصِير 

“Allohumma bika amsaynaa va bika nahyaa va bika namuutu va ilaykal masiyr”.

Manosi: “Allohim, Sening noming ila kech kirgizdik. Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila vafot etamiz. Va Senga qaytajakmiz”

Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.

@Mahbubiya