Get Mystery Box with random crypto!

Hamdardlikni rivojlantirishga yordam beruvchi praktika Bu 5 | Qalb_psixologiya (Узлик сари )

Hamdardlikni rivojlantirishga yordam beruvchi praktika

Bu 5 ta qadamdan iborat bo'lgan praktika, sizga xatto eng qiyin munosabatlarda ham hafalikni qo'yib yuborishga yordam beradi.

Praktika texnikasi: Avval sizni ranjitgan insonni tanlang.

1- qadam Diqqatingizni shu insonga jamlab, " Huddi men singari bu inson xayotda baxt izlamoqda" deb o'zingizga ayting.

2- qadam Diqqatingizni shu insonda jamlab : " Huddi men singari bu inson xam aziblardan qochishga harakat qilayapti" deb o'zingizga ayting.

3- qadam Diqqatingizni shu insonda jamlab, " Huddi men singari, bu inson ham qayg'u, yolg'izlik va umidsizlikni boshidan o'tkazgan" deb o'zimgizga ayting.

4- qadam Diqqatingizni shu insonda jamlab, " Huddi men singari bu inson ham o'z ehtiyojlarini qondirishga harakat qilayapti" deb o'zingizga ayting.

5-qadam Shu insonda diqqatingizni jamlab, " Huddi men singari bu inson yashashga o'rganayapti" deb o'zingizga ayting.

Bu 5 jumlani asta sekinlik bilan xis qilib ayting. Javoblarni yozib oling va ular xaqida ichingizda o'ylab ko'ring. Natijalar bilan komentariyada bo'lishishingiz mumkin. Hafalikni qo'yib yubora, xech bo'lmasa tekkislay oldingizmi?

E.M.Mahatma prabxu

"QALB_PSIXOLOGIYA" kanaliga ulanish:
@qalb_psixologiya1