Get Mystery Box with random crypto!

Zeriksang dunyoni boshingga yigʻib, Shovqinlar charchasa sukut | Ободим ёр📘

Zeriksang dunyoni boshingga yigʻib,
Shovqinlar charchasa sukutlaringdan.
Yasholmay kelyotgan baxtlarni ichib,
Sochingni oʻynasang ogʻriqlaringday.

Tim qora koʻzlarni sogʻinaversang,
Tim qora hasratlar ichida, yana
Soʻzlasang Xudoga zerikish haqda
Sajdamas, boshingni stolga qoʻyib…

Kechirib ketolar seni hislaring,
Kechilgan ahdlaring singari bir kun.
Sogʻinmay qoʻyilgan qishlogʻing kabi
Chiroqsiz yashasang balki bir umr.

Titilgan umrning hisobotida,
Yozilsa uzundan-uzun zerikish.
Stolga egilgan boshing ichida
Xudoni eslatib shivirlasa qish
U qadar qiyinmas,
u qadar qiyin,
lablaring chetida sokin jilmayish...

@FeruzaXayrullayeva